FTTI va KMU ning hamkorligi yangi bosqichda

Ushbu shartnomaga asosan akademik mobillik doirasida professor-o‘qituvchilar hamda talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish rejalashtirildi.

KMU ma'muriy qo'mitasi raisi o'rinbosari Janob CHEN Wen bu kabi memorandum MDH davlatlari oliy ta'lim muassasalari orasida birinchi bo‘lib Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti bilan imzolanayotganini ta’kidlab o‘tdi.

Mehmonlar samimiy o‘tgan davra suhbatidan so‘ng institut o‘quv binosi hamda ilmiy laboratoriyasi bilan tanishishdi.  

KMU xorijdagi almashinuv va hamkorlik bo‘limi direktori o‘rinbosari YI Qin xonim, KMU farmatsevtika fanlari maktabi dekan o‘rinbosari professor  Janob LANG Jingyu xalqaro ilmiy-amaliy anjumandan iliq taassurotda ekanliklarini bildirishdi.  

🎓 TA’LIM  TADQIQOTGA, TADQIQOT TARAQQIYOTGA  YETAKLAYDI!