Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti talablari o‘rtasida

“Yoshlar oyligi” doirasida “Yangi O’zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida sportning mini futbol turi bo‘yicha o‘tkazilayotgan

🏆 “Rektor kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.  

⚽️ To‘p tepishni yoqtirmaydigan o‘zbek bolasi bo‘lmasa kerak. Qulayroq joy, birgina to‘p topildi deguncha, ikkita g‘ishtdan darvoza yasab, erta tongdan shom tushguncha bemalol  futbol o‘ynashadi. 

Bolalikdagi qiziqish aslo so'nmaydi. Huddi shu sabab yigitlarimiz etti guruhga bo‘linib, “Rektor kubogi” musobaqasida faol ishtirok  etishdi.  

Sun’iy qoplama bilan qoplangan mini futbol maydonchasi “Tep. Yugur. Bo‘sh kelma.” hayqiriqlariga  to‘lib ketdi. 

Bor kuch-g‘ayratini, imkoniyatini ishga solgan guruhlar bir-birlarining  darvozalarini bir necha marotaba ishg‘ol qilishga erishdilar. O‘yinda qaltis vaziyatlar, penaltilar ham bo‘ldi. 

Bir so‘z bilan aytganda, o‘yinchilar ham tomoshabinlar ham bir necha oyga etarlik adrenalinga ega bo‘ldilar. 

⚽️ Futobol kabi jamoaviy o‘yinlar, yoshlar sog‘lig‘ini mustahkamlashi barobarida o‘zaro do‘stona muhitni ham shakllantiradi. Aynan shu sabab, ilm olish, yangi ixtirolar qilish barobarida, sport bilan shug‘ullanib turishni ham odat qilib olish zarur. 

O‘yinda, xohlasak xohlamasak,  g‘olib va mag‘lublar bo‘ladi. (Axir o‘yin shunisi bilan qiziqda.) Adolatli hakamlarning kuzatuvi ostida o‘tgan “Rektor kubogi” musobaqasida institutimizning farmatsiya yo‘nalishi 1-bosqich 22F-4 guruh talabalari g‘olib bo‘lishdi.  Ular final bosqichida farmatsiya yo'nalishining 22F-8 guruh talabalariga qarshi maydonga tushub 3:2 hisobi bilan turnirning mutloq  g'olibiga aylanishdi.

🥇 Barakalla yigitlar!