Yangi 2023-2024 o'quv yili boshlandi

BUGUN  4-SENTYABR

🤵 Yana bir yangi o‘quv yili boshlandi. Bilimga chanqoq, o‘z kelajagi uchun puxta zamin bunyod qilishni xohlagan yoshlar borki, bari oliy ta’lim muassasalari tomon yo‘l olishdi. 

Yurtimizdagi barcha ta’lim dargohlari o‘quvchi-yu talabalarni o‘z bag‘riga oldi.

 🇺🇿 Yangi o‘quv yili an’anaga muvofiq  “Mustaqillik darslari" bilan boshlandi. U  “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida o‘tkazilmoqda.

🇺🇿 Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti professor-o‘qituvchilari ham ushbu darslarga puxta tayyorgarlik ko‘rib, talabalarga xalqimizning 32 yil davomida erishgan yutuqlari, prezidentimiz va hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati borasida keng ma’lumotlar berishdi.