17 noyabr – Xalqaro talabalar kuni!

Kurrai zaminimizning barcha talabalari  ushbu sanani katta tan’tana qilishadi. 

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti talabalari ham an’anaga muvofiq bayram tadbiri tashkil etishdi. 

Institut dekanati mutaxassislari hamda FTTI Yoshlar ittifoqi yetakchi va koordinatorlari  eng iqtidorli talabalardan tashkil topgan jamoa bilan mo‘jaz konsert dasturini namoyish etishdi. 

Tadbirni institutning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori K.Қ.Ismoilov tabrik so‘zi bilan ochib berdi.  

Shundan so‘ng, Sanoat farmatsiya  yonalishi 3-guruh talabasi Xoshimjonova Sevinch o'z qalamiga mansub sheriy mashqni o‘qib berdi. 

Talaba qizlarimiz Jumatillayeva Ruxshona hamda Azizova Sevara ijrosidagi ispancha raqs davradagilarning kayfiyatini yanada ko‘tardi. 

Tibbiy profilaktika yonalishi talabasi Shaxnoza Kuvanova har galgidek qo‘shiq aytib, davraga o‘zgacha fayz kiritdi. 

Xorijlik talabalarimiz ham bayram ko‘tarinki ruhda o‘tishiga o‘z hissalarini qo‘shib, hindcha qo‘shiq ijro etishdi. 

Tadbirda talabalar Nilufar O‘ktamova, Ruxshona Jumatillayeva va Shohjaxon Saidqulov  aktyorlik mahoratlarini  namoyish etib, “Jaydari kelin” spektaklidan parcha havola etishdi. 

Bayramning badiiy qismi yakunlanib, qiziqarli viktorina o‘yinlariga ham navbat berildi. 

O‘yinlarda ham talabalar faol ishtirok etishdi. 

Xullas, institutdagi bugungi kun ham o‘ziga xos qiziqarli, mazmunli o‘tdi. 

BARChA TALABALARIMIZNI  BUGUNGI  BAYRAMLARI BILAN ChIN DILDAN TABRIKLAYMIZ!