Ilk g‘alaba muborak bo‘lsin!

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining tumanlararo bellashuvi boshlandi!

Farmasevtika ta’lim va tadqiqot instituti farmatsiya yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Rahmonqulova Mashhura “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining tumanlararo bellashuvida Sirdaryo viloyati tumanlari bo‘yicha ishtirok etdi. 

Mashhura 40 nafar ishtirokchilar safida qatnashib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi. 

Bu hali hammasi emas, iqtidorli talabamiz BHM 5 barobarida pul mukofoti hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 

Mashhura tanlovga ilmiy rahbari Ergasheva D.Z boshchiligida tayyorlagan Nano VitAseptica – kishilarda turli yaralar va jarohatlarni no invaziv usulda, ya’ni jarrohlik amaliyotisiz davolashga mo‘ljallangan kumushli salfetka loyihasini topshirgan edi. 

✨ Ilk g‘alaba muborak bo‘lsin!

🎓 TA’LIM  TADQIQOTGA, TADQIQOT TARAQQIYOTGA  YETAKLAYDI!