Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti professor ~o‘qituvchilari, talabalari barcha yurtdoshlarimizni 10-dekabr - O‘zbekiston respublikasi davlat madhiyasi qabul qilingan kun bilan chin dildan tabriklaydi!

Farmatsevtika talim va tadqiqot instituti professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyatini oshirish va ularni unvonlarga tavsiya qilish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan ruxsat olindi.

Oldin xabar berganimizdek, xotin-qizlarda milliy qadriyatlarimizga hurmat tuyg‘usini shakllantirish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, siyosiy yetakchilik qobiliyatini yuzaga chiqarish, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda faol ishtirokini ta’minlash, qonun ijodkorligi faoliyatiga keng jalb etish maqsadida institut xotin-qizlar qo’mitasi tomonidan o’tkazilayotgan “Nodirai davronlar” ko’rik- tanlovining birinchi bosqichiga start bergan edik.

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti xalqaro bo‘limi tashabbusi bilan Ahmad Yassaviy nomidagi Qozog‘iston-Turkiya qo‘shma universiteti professori, tibbiyot fanlari doktori Ishigov Ibragim Agaevich ishtirokida ZOOM platformasi orqali muloqot tashkil etdi.

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutining iqtidorli talabalari haqida Yoshlar telekanalining "O‘zbekiston yoshlari" ko‘rsatuda hikoya qilinadi.

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Sh.F. Iskandarova hamda magistratura bo‘limi boshlig‘i N.M.Sultanbaeva Innovatsion rivojlanish Agentligi tashabbusi hamda Belgiya Ta’lim kengashi bilan hamkorlikda joriy yilning 20-25 noyabr kunlari Belgiyaning Brussel shahrida tashkil etilgan “Oliy ta’limda Bilimlarni tijoratlashtirish hamda universitetlarda tadbirkorlik muhitini yaratish Yevropa tajribasi asosida” mavzusidagi seminar treningda ishtirok etishdi.