2022-2023 ўқув йили ҳам ўз якунига етиб бормоқда. Мактаб битирувчиларининг аксарияти ўз келажаклари ҳақида қайғуриб, олий таълим масканларига кириш имтиҳонларига тайёргарликни бошлаб юборишган, албатта.

2- bosqich 212-guruh talabalarining "Organik kimyo" laboratoriya darsidan lavha.

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutining yagona ilmiy davriy nashri “FARMATSIYA VA FARMAKOLOGIYA” JURNALI chop etila boshlaganiga bir yil bo‘lmoqda. Shu davr orasida o‘nlab mualliflarning xalqaro miqyosda eng yuqori ilmiy va klinik ahamiyatga ega bo‘lgan original tadqiqot ishlari nashr etildi. Bugun quvonchli xushxabar oldik. Jurnalimiz joriy yilning 28 fevralidan kimyo, biologiya, tibbiyot va farmasevtika fanlari bo‘yicha dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan milliy ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritildi.

Фармацевтика таълим ва тадқиқот институтида эрта тонгдан байрам шукуҳи ҳукмронлик қилди. Чиройли безатилган фойе, санъаткорларнинг қўшиқлари, энг муҳими кўтаринки кайфият ва эътибор муҳим совға бўлди.

Hozirgi kunda yoshlarimiz oldida turgan muhim vazifalardan biri oʻz imkoniyatlari, qiziqishlari, qobiliyatlariga mos kasbni tanlashdir. Kasb tanlash – har bir inson hayotidagi eng muhim tanlovlardan biri. Kasb – nafaqat daromad topish manbayi, balki umrning asosiy qismi sarflanadigan faoliyat hamdir.